Belarus hukumati yaqin vaqt içida Ukrainaga qarşi uruşda Rossiyaga faol harbiy yordam körsatiş uçun safarbarlikni boşlaşi mumkin. Bu haqda Redaktionsnetzwerk Deutschland naşriga bergan intervyusida belaruslik muxolif siyosatçi Pavel Latuşko bildirdi. Uşbu suhbatdan iqtiboslar 7 yanvar, şanba kuni çop etilgan. Latuşkoning sözlariga köra, safarbarlik uçun deyarli hamma narsa tayyor, Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Kremldan kelgan buyruq bilan tugmaçani bosişi kifoya.
Pavel Latuşko Minskdagi manbalarga tayanib, Belarus içki işlar organlari xodimlarining aksariyati pasportlarini topşirişga majbur bölganini ma’lum qildi. Bunday ma’lumotlar mamlakatning turli şaharlaridan kelgan. «Bu ular safarbarlik bölgan taqdirda mamlakatni tark eta olmasligini bildiradi», deb tuşuntirdi muxolifatçi. Bundan taşqari, uning qöşimça qilişiça, Belarusda rus askarlari soni ham, Rossiyaning harbiy texnikasi ham köpaymoqda va maşğulotlar muntazam ravişda Rossiya qöşinlari tomonidan alohida va Belarus bölinmalari bilan birgalikda ötkazilmoqda.
Belarus Mudofaa vazirligi bir kun avval mamlakatga rossiyalik askarlar va harbiy texnikadan iborat yana bir eşelon kelgani haqida xabar bergan edi. Şu kuni Lukaşenko Brest viloyatidagi Obuz-Lesnovskiy poligoniga taşrif buyurib, u yerda Belarus va Rossiya qöşinlarining mintaqaviy guruhi bölinmalari va qöşinlarining jangovar muvofiqlaştiriş işlari yakunlangani haqidagi hisobotlarni tingladi. Ukraina Rossiya Kiyevni egallaşga urinib, Belarus hududidan navbatdagi hujum uyuştirişi mumkinligidan xavotirda.


















