Özbekiston armiyasi harbiy salohiyat böyiça 145 ta davlat orasida 62-örinda qayd etildi. Bu haqda Global Firepower'ning yangilangan reytingida keltirib ötilgan.

Mutaxassislar qurolli kuçlarni oltmişdan ortiq parametrlar böyiça baholagan. Ularning asosiylari qatorida mudofaaga mablağ sarflanişi darajasi, texnik ta’minot, armiya soni, tanklar, kemalar, samolyotlar va boşqa harbiy texnikalarning miqdori, neft mahsulotlari mavjudligi, davlatning geografik xususiyatlari, işlab çiqariş va ba’zi resurslarning iste’moli, logistik imkoniyatlar kabi mezonlar hisobga olingan.

Reytingga köra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida Özbekiston armiyasi harbiy salohiyat böyiça birinçi örinni egallagan. Çegaradoş mamlakatlar: Qozoğiston 63-örin, Turkmaniston 82-örin, Qirğiziston 107-örin, Afğoniston 114-örin, Tojikiston esa 120-örinda qayd etilgan. Özbekistonning mudofaa budjeti 692,5 mln dollarga baholangan.

Sobiq SSSR davlatlari orasida Özbekiston beşinçi örinni egallab, Rossiya (2-örin), Ukraina (15-örin), Ozarboyjon (57-örin) va Belarus (60-örin) armiyalaridan ortda qoldi.

Yangilangan reytingda harbiy salohiyati dunyo böyiça eng yuqori baholangan davlatlar Top-10taligi quyidagiça:

  1. AQŞ
  2. Rossiya
  3. Xitoy
  4. Hindiston
  5. Buyuk Britaniya
  6. Janubiy Koreya
  7. Pokiston;
  8. Yaponiya;
  9. Fransiya;
  10. Italiya.

Röyxatning eng quyi poğonasidan Moldova, Benin va Butan kabi mamlakatlar örin olgan.