KXDR yetakçisi Kim Çen In qizini voris sifatida tayyorlamoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi materialida aytiladi.
Gazetaning yozişiça, oxirgi paytlarda Kim Çen In qizi bilan tez-tez omma oldiga çiqa boşlagan. Garçi hozirça xorijlik ekspertlarning heç biri uning ismi-şarifi va neça yoşda ekanini aniq ayta olmasa ham, uning tösatdan ommaviy PR qilinişi KXDR rahbari öziga voris sifatida tayyorlayotganini anglatişi mumkin.
Noyabr oyida Şimoliy Koreya davlat matbuoti Kim Çen In va uning qizi raketa sinovi ötkazilayotganini birga tomoşa qilişgani tasvirlangan suratni çop etgan edi. Yangi yil arafasida ota va qiz birgalikda yadroviy raketa inşootiga borgani haqida fotosuratlar e’lon qilindi.
Keyinçalik Janubiy Koreya Milliy razvedka boşqarmasi yoş qizçaning Kim Çju E ekanini aniqladi.
U haqida 2013 yilda Şimoliy Koreyaga borgan maşhur amerikalik basketbolçi Dennis Rodman aytib bergan. Kim Çen In basketbolni juda yaxşi köradi va Rodmanga katta ehtirom körsatgan edi. Rodmanning aytişiça, u hatto qizni qölida kötarib olgan.
Çju E omma oldida çiqqanidan söng, Pxenyan birinçi marta Kim Çen Inning farzandi borligini tasdiqladi. Bundan oldin Şimoliy Koreya matbuotida uning farzandlari töğrisida umuman ma’lumot berilmagan edi.
Janubiy Koreya razvedkasi Kim Çen In uç nafar farzandga ega ekanini da’vo qilmoqda. Kattasi öğil bölişi mumkin. Çju E - ikkinçi farzand va taxminan ön yoşda. Kenja farzandning jinsi va yoşi noma’lum.
Janubiy Koreyadagi Syojong institutida uzoq vaqtdan beri Kim oilasi böyiça tadqiqotçi bölib işlagan Çon Son Çan sözlariga köra, fotosuratlar, ehtimol, koreyaliklarga Kim Çju E voris bölişini körsatiş uçun puxta işlab çiqilgan dasturning bir qismi.
2016 yilda Janubiy Koreyaga qoçgan Şimoliy Koreyaning sobiq diplomati va hozirda Seulda deputat bölgan Te Yon Ho jurnalistlarga KXDR ma’lum bir bolani köklarga kötarişni boşlaganida, dunyo Kim öz örniga örinbosar tanlaganini bilişini aytgan edi. Kim Çen Inning özi ham xuddi şunday tarzda hokimiyatga kelgan.

















