Avtomobillar Janubiy Koreyadan jönatildi va Farğona hamda Sirdaryo viloyatlariga 2023 yilning birinçi çoragida yetib keladi. Maxsus avtotransport vositalari Özbekiston fuqarolarining xavfsizligi va farovonligi darajasini oşiriş uçun işlatilişi rejalaştirilgan. Janubiy Koreya tomoni har bir avtomaşina uçun texnik xodimlarni hududlarga jönatib, avtomobillardan foydalaniş böyiça körsatmalar beradi.

2022 yil avgust oyida Janubiy Koreya yonğin sanoati assotsiatsiyasi, Janubiy Koreyaning TDC Group kompaniyasi va Koreya-Özbekiston işbilarmonlar uyuşmasi Toşkent hamda Farğona viloyatlariga ham 6 ta maxsus öt öçiriş  va 2 ta tez tibbiy yordam maşinasi sovğa qildi.

Koreya-Özbekiston işbilarmonlar uyuşmasi direktorlar kengaşi raisi Edvard Kim Koreya yonğin xavfsizligi boşqarmasi, Koreya yonğin sanoati assotsiatsiyasi, TDC Group, Eurasia Networks Group kompaniyalari va Özbekiston elçixonasi bilan birgalikda Özbekiston qöllab-quvvatlaşga muhtoj hududlariga öt öçiriş va tez tibbiy yordam maşinalarini ötkaziş böyiça işlarni kengaytiriş va ijtimoiy ta’minot sohasini mustahkamlaş böyiça işlarni davom ettirişini ma’lum qildi.