Suhbatdoşlarimiz – Quvaytdagi “Al-jabr al-Ahmad” şifoxonasi reanimatologi Jahongir Jörayev, Angliyada umumiy amaliyot şifokori bölib faoliyat yuritayotgan yurtdoşlarimiz Nihola Madaliyeva va Umidjon Madaliyev.

“Muammoning kötarilişi bundan keyingi ölimlarning oldini oladi”

Umidjon Madaliyev, Buyuk Britaniya Qirollik qoşidagi Umumiy amaliyot şifokorlar uyuşmasi a’zosi, şifokor:

— Yurtimizdagi bu holatni eşitib qayğuga tuşdik. Farzandlarini yöqotgan ota-onalarga çuqur ta’ziya bildiramiz. Farzand yöqotiş nihoyatda oğir, lekin najot kutib turgan bolasiga bu dorini öz qöli bilan bergan ota-onalar ahvolini tasavvur qilişimiz qiyin. Bu xalqimiz uçun tragediya.

Bu holatga olib boruvçi faktorlar bir neçta: avvalo Özbekistondagi soğliqni saqlaş tizimi notöğri işlayotgani, dorilarga judayam berilib ketiş, bilib-bilmasdan har qanday dorini iste’mol qiliş, Özbekistonga kirayotgan dorilar yetarliça tekşiruvdan ötkazilmayotganida deb bilaman.

Jahongir Jörayev, Quvaytdagi “Al-jabr al-Ahmad” şifoxonasi reanimatologi:

— Bu fojiada şifokorlarni ayblaş notöğri deb hisoblayman. Bu farmatsevtika sohasidagi mas’ullarning öz işiga mas’uliyatsizligidan deyiş mumkin. Bolalarning ölimi bilan şu muammo kötarildi. Yaxşiyamki muammo kötarildi – kötarilmasligi ham mumkin edi. Muammoni kötargan şifokorlarimizga tasanno aytgan bölardim. Şu kungaça bunaqa muammolar Özbekiston tibbiyotida kötarilmasdi. Yopiğliq qozon yopiğligiça qolib ketişi mumkin edi. Muammo kötarilişi – bundan keyingi ölimlarning oldi olinişining belgisi.

Lekin bu muammoni kötargan şifokorlarni jazolaş yoki qarama-qarşi fikr bildiriş, ularni işdan böşatiş kelgusida yuz berişi mumkin bölgan muammolar yopilib ketişiga olib keladi.

“Özbekiston telekanallarida dorilar reklamasini körib hayratda qoldik”

Nihola Madaliyeva, Buyuk Britaniya Qirollik qoşidagi Umumiy amaliyot şifokorlar uyuşmasi a’zosi, şifokor:

— Bundan 15 yil avval Özbekistonda işlaganimda dorilarga bu qadar öçlik yöq edi. Dorixonalar biznesi ham bunçalik gullab-yaşnamagan edi. Buni rağbatlantirayotgan, köpayişiga sabab bölayotgan narsa – dorilar nazoratsiz, erkin holatda Özbekiston bozoriga kirib kelişi deb öylayman. Şifokorlar dori yozganda bitta emas, bir neçta dorini yozadi, köp hollarda tomçi dorilar ham bölişi şart. Bu öz-özidan dorixonalar qöziqorinday köpayişiga olib keldi.