Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev öz örinbosarlari va qator idoralar boşliqlari iştirokida yiğiliş ötkazdi. 

Unda Toşkent şahriga keskin sovuq ob-havoning kirib kelişi munosabati bilan har qanday talafotning oldini oliş böyiça tegişli topşiriqlar berildi. Jumladan: 

— anomal sovuq 9-18 yanvar kunlarida şahar va tuman hokimliklarida, boşqarmalar va ularning tuman bölimlarida har qanday majlislar (jumladan onlayn şaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan çalğituvçi boşqa yiğilişlarni ötkaziş taqiqlanadi;

— vaziyatlarni boşqariş yuzasidan topşiriqlar telefon va onlayn aloqa tizimlari orqali töğridan-töğri beriladi;

— qolipli non işlab çiqaruvçilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilişi nazoratga olinadi;

— oziq-ovqat işlab çiqaruvçi korxonalarning uzluksiz işlaşi ta’minlanadi;

— şahar jamoat transportining tizimli işlaşi çoralari köriladi;

— markaziy va içki yöllarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalaş taşkil qilinadi;

— boşqaruv servis kompaniyalari tomonidan köpqavatli uylar yölaklarini qor va muzlamalardan öz vaqtida tozalaş ta’minlanadi;

— elektr tizimida avariyalar tezkor bartaraf etiladi;

— tuğruqxonalar, şifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik ta’minoti alohida nazoratga olinadi, ulardagi elektr generatorlari yoqilği bilan ta’minlanadi, töxtovsiz işlaşi uçun şay holatga keltiriladi;

— favqulodda vaziyatlar boşqarmasi tomonidan 2 kun muddatda jamoat joylarida yonğin xavfsizligini ta’minlaş böyiça qayta körik-nazorat tadbirlari ötkazilişi ta’minlanadi;

— aholining jamoat transportidan foydalanişiga keng imkoniyatlar yaratiş va imkon qadar şaxsiy transport vositasidan foydalanmaslik tavsiya etiladi;

— navbatçilik, ştablar va call-markazlar faoliyatidagi aloqa telefonlarining uzluksiz işlaşi nazoratga olinadi;

— 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam maşinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini közdan keçirib, yetişmovçiliklar töldiriladi;