Rossiya joriy qiş mavsumida yangi safarbarlik tölqini davrida yana 500 ming kişini armiyaga jalb qilmoqçi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi 6 yanvar, juma kuni Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi rahbari örinbosari Vadim Skibitskiyga tayanib xabar berdi.

Unga köra, safarbarlik yangi yil bayramlaridan keyin, taxminan 15 yanvardan boşlanadi. Hukumatga harbiy qismlarni şakllantiriş va jihozlaş uçun taxminan ikki oy kerak böladi va ularning qançalik yaxşi qurollanganligi va tayyorgarligi ruslarning jang maydonidagi muvaffaqiyatini aniqlaydi. Öz navbatida, Ukraina qöşinlarining muvaffaqiyati yangi bölinmalarni jihozlaş uçun Ğarb öq-dorilari va qurol-yaroğlari ta’minotini davom ettirişga boğliq böladi, dedi Skibitskiy.

Ukraina harbiy razvedkasi yangi safarbar etilganlar 2023 yilning bahor va yozida Ukraina şarqi va janubida ötkazilişi mumkin bölgan bir qator Rossiya hujum operatsiyalarida iştirok etişini taxmin qilmoqda. «Ular Donetsk, Xarkiv viloyatlarida va ehtimol, Zaporijjyada ham hujum uyuştirib, Xerson va Qrimda özlarini himoya qiladilar. Ularga topşiriqlarini bajariş uçun şunça odam kerak böladi», - dedi Ukraina harbiy razvedkasi rahbari örinbosari.

Uning sözlariga köra, agar Rossiya armiyasi yaqin olti-sakkiz oy içida ijobiy natijaga erişa olmasa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yakuniy tarzda muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.