AQŞning Kentukki ştati senatorlari tomonidan yangi qonun qabul qilindi: endi mast holatda transport vositasini boşqarib, yöl-transport hodisasini sodir qilgan şaxs qurbonlarning yetim qolgan farzandlariga aliment tölaşi şart böladi. Şunga öxşaş qonun Tennessi ştatida allaqaçon amal qilmoqda.

Qonunçilar «Bentli qonuni» deb nomlangan qarorni bir ovozdan qöllab-quvvatladilar. Endi hujjat imzolaş uçun ştat gubernatoriga yuboriladi, biroq ekspertlar bunda heç qanday muammo bölmasligini va gubernator Endi Beşir qonunni ikkilanmasdan imzolaşini aytişmoqda.

Hujjat beş yoşida ota-onasidan ayrilgan Bentli ismli bola şarafiga nomlangan. Uning otasi va onasi 2021 yilda mast haydovçi aybi bilan sodir qilingan yöl-transport hodisasida halok bölgan. Yetim qolgan bolani esa buvisi tarbiyalaşga majbur bölgan.

Qonun kuçga kirgandan keyin baxtsiz hodisada vafot etgan şaxsning voyaga yetmagan bolalari bölsa, voqea sodir etgan şaxs mast holatda bölsa, u bunday bolalarga 18 yoşga tölgunga qadar aliment tölaşi şart böladi.