Buxoro viloyatidagi gaz zapravkalarda 5 yanvar kuni tekşiriş işlari ötkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
«Dildora» MÇJning Vobkent tumanidagi 2 ta, «Osiyo Buxoro gaz», «Norboyev Şerzod Yunusoviç» va «Grant gaz servis» MÇJlarning Buxoro şahridagi, «Real ximik» MÇJning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyiş şoxobçalari közdan keçirilgan.
Örganiş davomida «Dildora» va «Osiyo Buxoro gaz» MÇJlarga qaraşli 3 ta şoxobçaga kelgan tabiiy gaz quvurlariga örnatilgan «Avtopilot-Pro» rusumli gaz hisoblaş uskunasidagi mavjud impuls trubkasi mahkamlanganda haqiqatan gaz diafragmasidan ötayotgan gaz hajmi sun’iy ravişda kamaytirilgan holda körsatilişiga erişilgani aniqlangan.
Natijada «Dildora» MÇJga qaraşli 2 ta şoxobça tomonidan 11,1 milliard sömlik hamda «Osiyo Buxoro gaz» MÇJga qaraşli şoxobça tomonidan 15,1 milliard sömlik, jami 26,2 milliard sömlik tabiiy gaz yaşirin ravişda talon-toroj qilingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















