Robot-advokat

Foto: Getty Images

Tarixda birinçi marta sud majlisida robot-advokat işlaydi. U munozara paytida öz mijoziga nima deyiş kerakligi haqida körsatmalar beradi. 

Ma’lum qilinişiça, robot odamlarning gaplariga darhol munosabat bildirmaydi, balki muhokama tugagaç, fikr-mulohazalarni tahlil qilgandan keyin yeçimni taqdim etadi. 

Robot ixtiroçisi Joşua Brauder sözlariga köra, u kelajakda advokatlar örnini bemalol egallaydi. 

Qayd qiliş joizki, sud jarayonida sun’iy intellektdan foydalaniş holati birinçi marta yuz bermayapti. Avvalroq, Xitoy dunyoda birinçi bölib sud zalida sun’iy intellektdan foydalandi. 2022 yil iyul oyida mamlakatda sud tizimini «takomillaştiriş» maqsadida uşbu texnologiyadan foydalanilayotgani ma’lum böldi. Bunda sun’iy intellekt qonunlarni tavsiya etadi, hujjatlarni tuzadi va qarorlarda «insonning ehtimoliy xatosi» haqida ogohlantiradi. 

Endi xitoylik sudyalar har bir holatda sun’iy intellektga murojaat qilişi kerak, agar ular sun’iy intellekt tavsiyalarini buzsa, sabablarini yozma ravişda tuşuntirişi lozim. 

Tanadagi alkogol miqdorini aniqlovçi aqlli soat

Foto: BYD

Xitoyning eng maşhur avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalaridan bölgan BYD noodatiy funksiyaga ega bölgan aqlli soatni patentladi.

Qayd etilişiça, aqlli soat foydalanuvçi organizmidagi alkogol miqdorini aniqlay oliş funksiyasiga ega. Bundan taşqari, yangi qurilma qon bosimi, qondagi kislorod miqdori, tana harorati, EKG natijalarini ham taqdim eta oladi.