Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik 119 nafar madaniyat xodimiga nisbatan şaxsiy sanksiya qöllaş töğrisidagi farmonni imzoladi.  

Xususan, qora röyxatga qöşiqçi Basta, Irina Allegrova, Dmitriy Bilan, Mixail Galustyan, Larisa Dolina, Filipp Kirkorov, Sergey Lazarev, Yevgeniy Petrosyan, rejissyor Nikita Mixalkov kiritildi. 

Bundan taşqari, siyosatşunos Aleksandr Dugin, RT rahbari Margarita Simonyan, teleboşlovçi Dmitriy Kiselyov va Leonid Yakuboviç, aktyor Dmitriy Dyujyev va Dmitriy Xaratyan, qöşiqçi Rodion Gazmanov, Vladimir Presnyakov, Aleksandr Buynov, Lolita, teleboşlovçi Janna Badoyeva ham çeklovlarga duç keldi. 

Sanksiyalar Ukrainadagi aktivlarni muzlatiş, savdo operatsiyalarini çeklaş, Ukraina hududida harakatlanişni taqiqlaş, mamlakatning davlat mukofotlaridan mahrum qiliş, viza olişni taqiqlaş va boşqa çeklovlarni nazarda tutadi. 

Avvalroq Ukraina prezidenti Ukraina pravoslav çerkovining 13 ruhoniysi fuqaroligini töxtatib qöygandi. Ular Rus pravoslav çerkovi bilan hamkorlik qilganlikda ayblanmoqda.