Kompaniya xabariga köra, dasturiy ta’minotni işga tuşiriş tadbirlarining ötkazilişi sababli UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtinça töxtatib turilişi mumkin.

Dasturiy ta’minotni yangilaş va inventarizatsiya işlari yakunlangandan söng, kontraktatsiya şartnomalarini tuziş, oldindan tölovni qabul qiliş va avtomobilni yetkazib beriş töliq hajmda qayta tiklanadi.

2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgan va vaqtinçalik çeklov uçun oldindan tölovni amalga oşira olmagan şaxslar iş qayta tiklanganidan söng, avtomobil uçun oldindan tölovni amalga oşirişi mumkin.

Şu bilan birga, avtomobil yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomalar öz kuçida qoladi, faqat oldindan tölov muddati uzaytiriladi.

UzAuto Motors 4 yanvardan şartnoma beriş, avtomobillarni topşiriş va tölovlarni amalga oşirişni vaqtinça töxtatgandi. Öşanda bu holat 4-5 kun davom etişi mumkinligi aytilgan edi.