Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari uning saylovlardagi mağlubiyatini tan olişdan boş tortgan holda, 8 yanvar, yakşanba kuni Milliy kongress, Oliy sud va davlat rahbarining poytaxt Braziliadagi qarorgohiga bostirib kirişdi.
Mahalliy OAV tomonidan e’lon qilingan fotosuratlar va videolarda Braziliya bayroqlarini uşlab olgan, yaşil va sariq liboslardagi minglab namoyişçilar politsiya tösiqlarini yorib ötib, deraza va eşiklarni sindirib, söngra hukumat binolariga bostirib kirganini köriş mumkin. Içkariga kirib, ular u yerda vandalizm harakatlarini amalga oşirdi. Politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlatdi, ammo namoyişçilarga qarşilik körsata olmadi.

San-Paulu ştatiga amaliy safar bilan borgan Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva federal kuçlarni şaharda tartibni tiklaşga jalb qilişni buyurdi. Buyruq 31 yanvargaça amal qiladi. Bundan taşqari, davlat rahbari tartibsizliklarga sababçi bölganlarni jazolaşga va’da berdi va ularni «fanatik faşistlar» deb atadi. «Biz bu vandallarning kimligini aniqlaymiz va ular qonun doirasida töliq jazolanadi», — dedi u matbuot anjumanida.

Şarhlovçilar hozirgi voqealarni 2021 yil 6 yanvarda prezidentlik saylovlarida mağlub bölgan Donald Tramp uzoq vaqt davomida ovoz beriş natijalarini tan olişdan boş tortganidan söng AQŞ Kongressi binosiga bostirib kiriş holati bilan soliştirmoqda.
Braziliya poytaxtidagi tartibsizliklar allaqaçon AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasining qator davlatlari tomonidan qoralandi. Argentina prezidenti Alberto Fernandes Twitter sahifasida: «Braziliyada sodir bölayotgan voqealarga noroziligimni bildirmoqçiman. Men va Argentina xalqi Lula da Silvani u töqnaş kelgan davlat töntarişiga uriniş xavfi oldida sözsiz qöllab-quvvatlaymiz», deb yozdi. Çili prezidenti Gabriel Boriç «demokratiyaga qörqoq hujum» haqida gapirdi. Kolumbiya rahbari Gustavo Petro Amerika davlatlari taşkilotining şoşilinç yiğilişini taklif qildi va şunday deb ta’kidladi: «Faşizm zarba berişga qaror qildi. Önglar zöravonlikka yöl qöymaslik şartnomasini bajarmadi».

























