Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari hukumat binolariga hujum qilgan Braziliya poytaxti Brazilia şahrida politsiya 200 ga yaqin tartibsizlik iştirokçisini qölga oldi, deb xabar berdi 8 yanvar, yakşanba kuni keçqurun Braziliya adliya vaziri Flaviu Dinu. Poytaxt federal okrugi gubernatori Ibaneys Roşa avvalroq 400 dan ortiq odam uşlangani haqida ma’lum qilgandi, biroq politsiya bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Oktabr oxirida bölib ötgan prezidentlik saylovlari natijalaridan norozi Bolsonaru tarafdorlari 8 yanvar kuni tuşdan keyin Milliy kongress, Oliy sud binolariga, şuningdek, davlat rahbarining qarorgohi, Planaltu saroyiga bostirib kirişdi va u yerda tartibsizliklar uyuştirişdi. Huquq-tartibot idoralari bir neça soatdan keyin binolar ustidan nazoratni tikladi.
Braziliya sobiq prezidenti Bolsonaru öz tarafdorlarining harakatlarini qoralab, ularni noqonuniy deb atadi. «Huquqiy şakldagi tinç namoyişlar demokratiyaning bir qismidir. Biroq bugungi kunda sodir bölgan, şuningdek, 2013 va 2017 yillarda sölçilar tomonidan amalga oşirilgan talonçilik va jamoat binolariga bostirib kiriş holatlari qoidalardan taşqaridadir», - deb yozdi siyosatçi Twitter sahifasida.
Ötgan hafta Braziliyaning yangi prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning inauguratsiyasi bölib ötdi. Bolsonaru mamlakatni tark etgani sababli marosimda qatnaşmadi.

















