Berlin tomonidan Marder piyoda jangovar maşinalari Kiyevga yetkazib berilişi e’lon qilinganidan söng, bir qator nemis siyosatçilari Ukrainaga Leopard tanklarini ham jönatişga çaqirişdi. Marder böyiça erişilgan narsalar haqida töxtaş «notöğri bölardi», dedi Bundestag raisi örinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt Funke Mediengruppe naşriga bergan intervyusida, undan parçalar 8 yanvar, yakşanba kuni naşr etilgan.
«Biz imkon qadar hamma narsani qilişimiz va ta’minlaşimiz kerak. Bu Leopard tanklariga ham tegişli», - deya ta’kidladi «yaşillar» fraksiyasi vakili bölgan siyosatçi. Ozod demokratik partiya raisi örinbosari, Germaniya parlamenti - Bundestag raisi örinbosari Volfgang Kubiki naşrlarga «nafaqat Marder, balki Leopard tanklarini ham yetkazib beriş oqilona bölardi», dedi. Uning sözlariga köra, Ukrainaning mudofaa qobiliyatini saqlab qoliş muhim. Biroq, Kiyevga yordam berişning har bir keyingi qadami NATO hamkorlari bilan yaqindan muvofiqlaştirilişi kerak, dedi Kubiki. U Germaniya bu masalada yakka özi harakat qilmasligi kerakligini qöşimça qildi.
Germaniya hukumatining Ukrainaga Marder piyoda jangovar maşinasini yetkazib beriş töğrisidagi qarori Germaniya aholisi orasida turli xil reaksiyaga sabab böldi. Insa sotsiologik instituti tomonidan Bild am Sonntag gazetasi uçun ötkazilgan sörov natijalariga köra, 49 foiz aholi bu qarorni juda notöğri, 40 foizi esa töğri deb hisoblaydi. Yana 11 foizi bir qarorga kelmagan yoki javob bermagan. Germaniya Ukrainani Leopard tanklari bilan ham ta’minlaşi kerakmi, degan savolga respondentlarning 50 foizi salbiy javob berdi, 38 foizi yoqladi. 6 yanvar kuni ötkazilgan sörovda Germaniyaning 1001 nafar fuqarosi iştirok etdi.
6 yanvar kuni bölib ötgan hukumat matbuot anjumanida Germaniya hukumati matbuot kotibi Şteffen Xebeştrayt bitta ukrain batalonini Germaniyaning Marder piyoda jangovar maşinalari bilan jihozlaş rejalaştirilayotganini, buning uçun 40 ga yaqin şunday maşinalar kerak bölişini aytdi. Yetkazib beriş joriy çorakda amalga oşirilişi kerak. Taxminan sakkiz hafta davom etadigan ukrainalik harbiylarning Germaniyadagi maşğulotlari yaqin orada boşlanadi.


















