Toşkent şahrining 2023 yilgi budjeti tasdiqlandi. Bu haqda 2023 yil 4 yanvar kuni Toşkent şahar hokimining qarori E-qaror’ga joylaştirilgan.
2023 yil uçun poytaxt budjeti 6,4 trillion sömni taşkil qiladi. Bu ötgan yilgi budjetga nisbatan 2 trln sömga köproq.
Toşkent şahar budjeti daromadlari
Yuridik şaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq Toşkent budjeti daromadlarining eng katta qismini taşkil qiladi – 932 mlrd söm.
Keyingi örinlardagi yirik daromadlar manbalari aylanmadan olinadigan soliq (788 mlrd söm), jismoniy şaxslardan olinadigan foyda soliği (751 mlrd söm) va yuridik şaxslarning yer soliği (714 mlrd söm) hissasiga töğri keladi.
Şuningdek, davlat bojidan tuşumlar – 657 mlrd söm, jarimalar – 474 mlrd söm, yiğimlar – 428 mlrd söm, xususiylaştirişdan tuşadigan daromadlar esa 100 mlrd sömni taşkil qiladi.
Kun.uz poytaxt budjeti daromadlari prognozlarini 2022 yil bilan soliştirib kördi.
2022-2023 yil uçun Toşkent şahar budjeti daromadlari prognozlari:
2023 yilda taşabbusli budjetlaştiriş jarayonlari uçun tuman budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd söm mablağ rejalaştirilgan.
Tumanlar kesimida eng katta daromadlar va xarajatlar prognozi Mirzo Uluğbek tumaniga töğri kelmoqda – 137 mlrd söm. Eng kami Bektemir tumanida – 60 mlrd söm.


















