Bugungi elektron texnikalar asrida yaşayotgan bölsak-da, ularni salomatligimizga ziyon yetkazişlariga jim qarab turib bölmaydi. Aksariyat holatlarda bu aynan bizning elektron qurilmalardan notöğri foydalanganligimiz uçun sodir böladi.
Eng köp foydalaniladigan smartfonlardan ham zararsiz foydalaniş imkoniga egamiz. Quyida salomatlikka ziyon yetmasligi uçun telefon saqlab bölmaydigan joylar haqida ma’lumot berib ötamiz.
1. Şimning orqa çöntagi
Telefonni orqa çöntakka solib yuriş juda qulay bölişi mumkin, ammo bu joyni tanlasak, quyidagi muammolarga duç kelişimiz mumkin:

- telefonning sensorli ekrani nafaqat barmoqlarga, balki dumba harakatlariga ham sezgirdir, ba’zida biz tasodifan favqulodda yordam raqamlarini terib yuborişimiz mumkin. Bu esa özimizga keraksiz muammolarni keltirib çiqaradi.
- odam gavjum joylarda telefoningizni yöqotiş yoki unutiş juda ham oson.
- juda köp uçraydigan muammolardan biri – ötirganda telefon ekranining sinib qolişi.
2. Şimning oldingi çöntagi

Erkaklar odatda qöl sumkalarini olib yurişmaydi, şuning uçun ular telefonlarini şimning old çöntagiga solib qöyişadi. Ammo bu erkaklar salomatligi uçun xavflidir. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, mobil telefonlar tomonidan işlab çiqarilgan elektromagnit nurlaniş sperma sifati va miqdoriga ta’sir qilişi mumkin. Telefoningizni qança uzoq vaqt şimingizga solib yursangiz, xavf şunçalik yuqori böladi.
3. Kökrak qafasidagi çöntak

Mobil telefon radiatsiyasi saraton xavfini oşirişi mumkinligi haqida aniq dalillar yöq. Ammo ba’zi olimlarning fikriga köra, kökrak oldida mobil telefonni osib qöyiş kökrak bezi saratoni rivojlaniş xavfini oşiradi.




















