«Uzbekistan airways» aviakompaniyasiga tegişli Airbus A320 samolyoti Toşkent şahridan Rossiyaning Qozon şahriga parvozni amalga oşirayotgan vaqtda qöniş oldidan dvigateldagi nosozlik haqida xabar bergan. Bu haqda «AVIAINCIDENT» Telegram-kanali xabar bermoqda.

Foto: LiveJournal

Manbada aytilişiça, 7 yanvar kuni Qozonga UZB9649 reysni amalga oşirayotgan UK32012 raqamli uçoq mahalliy vaqt bilan 19:40 da dvigatellardan biri işlamay qolgani haqida xabar berib, 2700 fut balandlikda uçişga ruxsat söraydi.

Soat 19:43 da Qozon aerodromiga samolyotni qöndiriş mumkinligi habar qilinadi. 19:49 da Qozon aerodromida qutqaruv trevogasi çalinadi. 19:57 da uçuvçilar dvigateldagi nosozlikka qaramay, samolyotni Qozon aerodromiga muvaffaqiyatli qöndirişadi. Şundan keyin trevoga bekor qilindi.

Flighradar24 portalida uşbu reys haqida berilgan ma’lumotda samolyot çindan 19:57 da Qozonga qöngani körinadi. Parvoz xaritasida esa uçoq qöniş oldidan osmonda bir marta aylanganini köriş mumkin.