Oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda 11 yanvardan boşlab bosqiçma-bosqiç dars maşğulotlari boşlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining tegişli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda öquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda taşkil etiş tavsiya etildi.
Uşbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oşiriş maqsadida har bir ta’lim muassasasida keça-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat «Ştab» taşkil etiladi. Anomal sovuq bölişi kutilayotgan 10–18 yanvar kunlarida barça ta’lim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM şaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan çalğituvçi boşqa yiğilişlar ötkaziş taqiqlanadi.
Şuningdek, ta’lim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror işlaşi ta’minlanadi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari va tegişli mahalliy hokimliklar talaba-öquvçilarni xabardor qiliş, ularni OTM joylaşgan hududga yetib kelişini ta’minlaş hamda mazkur jarayonlarni şaxsan nazoratga oladilar. Öquv jarayonlarini taşkil etişda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo şaroitlarida oliygohlarga yetib kelişlari töla inobatga olinişi va bunga zarur şart-şaroitlar yaratilişi lozimligi böyiça körsatma berildi.
Öquv jarayonini taşkil etişda zaruriyat tuğilganda öquv grafigiga özgartiriş kiritiş ruxsat beriladi. 20 yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik körişlari tavsiya etiladi.
«Alohida ta’kidlaymizki, 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat işlari taşkil etilmaydi.
Ob-havo şaroitlari tufayli öqişga kelolmagan talabalarga öquv jarayonlarini boşlaş hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik köriş böyiça tegişli masofaviy dasturlar taklif qilinadi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 5 yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-öquvçilari uçun qişki ta’til muddati 18 yanvargaça uzaytirilgani haqida xabar bergandi.

















