Vraçlar siyosatçi Aleksey Navalniyni tahqirlaşni bas qiliş va unga zarur bölgan tibbiy yordam körsatiş talabi bilan Vladimir Putinga murojaat qilişdi. 27 nafar vraç imzolagan oçiq xat vraç Aleksandr Vanyukovning Facebook’dagi akkauntida e’lon qilindi.

«Aleksey Navalniyni saqlaş şaroitlari va uning taşqi körinişi bizda uning soğliği va hayoti borasida katta taşviş uyğotmoqda», — deb yozgan vraçlar. Jazoni ijro etiş federal xizmati (FSIN) vakillarining zarur dori-darmonlarni Navalniyga yetkazişni rad etişi uning hayotiga tahdid solmoqda, deya ta’kidlaşgan tibbiyotçilar.

«Tibbiy nuqtayi nazardan Aleksey zarur hajmda tibbiy yordam olmayotgani oçiq-oydin körinib turibdi, uning jazo izolyatorida saqlanayotgani esa uning holatida mutlaqo mumkin emas.

Biz Aleksey Navalniyni tahqirlaş bas qilinişini, Alekseyni jazo izolyatoriga jönatmaslikni, uning huzuriga fuqaro vraçlari kiritilişini, agar yetarli körsatmalar aniqlansa, uni töliq tekşiriş va davolaş uçun fuqarolik şifoxonasiga yotqizişga ruxsat berilişini talab qilamiz», — deyiladi murojaatda.

Xatga jami 170 nafar vraçning imzosi qöyilgan. Uşbu murojaatni qöllab-quvvatlaşga tayyor vraçlar Vanyukovning posti ostida şarh qoldirişmoqda.

9 yanvar kuni Vladimir oblastining Melexovo posyolkasidagi №6-sonli tuzaliş koloniyasida jazo ötayotgan Aleksey Navalniy yangi yil arafasida öninçi marta jazo izolyatoriga jönatilgani ma’lum böldi. Siyosatçining advokati Vadim Kobzev Navalniy bemor ekanini aytgan. «Taassufki, bakteriologik qurol öz işini berdi. Navalniy ayni paytda jazo izolyatori kamerasida yuqori harorat, yötal va qaltiroq tutib yotibdi. Unga dori-darmon yetkazişga harakat qilmoqdamiz», — deb yozgan Kobzev.