Xitoy 2020 yil mart oyida sayohatga çeklovlar joriy etilganidan beri birinçi marta çet ellik sayyohlar uçun çegaralarini oçdi, deb yozdi DW. 

Şuningdek, Xitoy oxirgi uç yildan beri amalda bölgan xorijdan kelganlar uçun majburiy karantinni bekor qildi. Endi xorijdan kelganlar 48 soat içida olingan koronavirus testning manfiy natijasi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etişi kifoya. 

Qayd qilinişiça, Pekin aeroportida çet eldan va Xitoyning boşqa mintaqalaridan kelganlarni ajratib turuvçi tösiqlar olib taşlangan. Şuningdek, himoya kiyimidagi aeroport xodimlari ham ğoyib bölgan. 

Avvalroq, Xitoy özining Covid-19 siyosatining asosiy elementlaridan voz keçib, deyarli barça aksilkoronavirus çeklovlarini bekor qilganidan keyin, mamlakatda infeksiyalar soni keskin oşib ketgan edi. Şifoxonalar va krematoriylarda odam tölib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Norasmiy ma’lumotlarga köra, mamlakatda har kuni bir millionga yaqin odam kasallanmoqda.