Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 10 yanvar, seşanba kuni e’lon qilinmagan taşrif bilan Xarkivga keldi. U Rossiyaning keng kölamli harbiy bosqini boşlanişidan keyin Ukraina şarqiy qismiga kelgan Germaniya hukumatining birinçi a’zosi böldi.
Berbok Kiyevga poyezdda yetib keldi va u yerdan ertalab soat 7:00 da Xarkivga jönab ketdi - haftalik Der Spiegel naşriga köra, Ukraina tomonidan JÇ-2012 uçun sotib olingan Janubiy Koreya poyezdida. Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbariga ukrainalik hamkasbi Dmitri Kuleba va Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Oleksiy Makeyev hamrohlik qildi.
«Ukrainadagi odamlar bizning yordamimiz va birdamligimizga işonişlari mumkinligini bilişi kerak», dedi Annalena Berbok Xarkivda. U Germaniyadan Ukrainaga «qişki yordam» deb atalgan generatorlar, körpa-töşaklar va yoqilği va’da qildi. Bundan taşqari, Germaniya hukumati minalarni tozalaş va Starlink sun’iy yöldoş aloqa xizmatlarini moliyalaştiriş uçun Kiyevga qöşimça ravişda 40 million yevro ajratadi. Berbok «Ukraina rus bosqinçilari terroridan aziyat çekayotgan fuqarolarini ozod qiliş uçun zarur bölgan» qurol-yaroğlarning keyingi yetkazib berilişini eslatib ötdi.
Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbarining safari GFR Ukrainaga 40 ga yaqin Marder piyoda askarlar jangovar maşinalari yetkazib berilişini e’lon qilganidan bir neça kun ötgaç sodir böldi. Kiyev uşbu harbiy texnikani 2023 yilning birinçi çoragida olişi kutilmoqda.
Annalena Berbokning aytişiça, u Xarkivda Rossiya armiyasi tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlar kölamini his qilgan. Şu bilan birga, u Ukrainaning boşqa şaharlarini ham ozod qiliş muhimligini ta’kidladi. Şuningdek, «biz bu harbiy qişda Ukraina Yevropa oilamizdagi örnini unutmasligimiz muhim», dedi Berbok mamlakat Yevropa Ittifoqiga yölini allaqaçon boşlaganini eslatib. U Germaniya Ukrainaga Yevropa standartlariga erişişda, birinçi navbatda, qonun ustuvorligi va mustaqil institutlarni rivojlantirişda yordam berişga tayyorligini e’lon qildi.


















