Bayonotda aytilişiça, ma’muriy islohotlarga oid farmon va qaror loyihalari “çuqur tahlillar asosida”, milliy va halqaro ekspertlar iştirokida işlab çiqilgan.
Xalqaro ekspert sifatida xalqaro taşkilotlar, xususan BMT vakillari iştirok etgani, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti Kengaşining “Tartibga soliş siyosati va davlat boşqaruvi böyiça tavsiyalari”dagi davlat boşqaruvi tizimini isloh qiliş böyiça 12 ta asosiy tavsiyalari örganilgani ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, farmon loyihasini işlab çiqiş jarayoni 2021 yil noyabrda boşlangan, “ya’ni ma’muriy islohotlar doirasidagi özgarişlar bir kun, bir oyda şakllanmagan”.
“Ötgan davr mobaynida barça respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining qariyb 5 mingta funksiyalari çuqur tahlil va xatlovdan ötkazildi, 500 ga yaqin takrorlanadigan, öz ahamiyatini yöqotgan hamda amalga oşiriş mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar tugatilmoqda, qaysi vazifa qaysi idoraga tegişliligi aniq belgilandi.
Natijada hukumatga böysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, şu jumladan vazirliklar soni 21 tagaça qisqardi, 20 ta idora töliq tugatildi. Hukumatda amaldagi 8 nafar boş vazir örinbosari va 3 nafar boş vazir maslahatçisi lavozimlaridan faqat 4 nafar boş vazir örinbosari qoldirildi.
Şuni alohida qayd etiş lozimki, ma’muriy islohotlarga qadar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik va idoralar sonining köpligi tanqid qilinardi, turli xil ekspertlar çiqiş qilib, bu borada keskin fikrlarni ham bildirişardi. Biroq, bu borada yuqorida qayd etilganidek radikal özgariş qilinganligi, vazirlik va idoralar, mansabdor şaxslar soni tubdan qisqarganligiga qaramasdan uşbu holatni asossiz sub’yektiv talqin qiliş harakatlari kuzatilmoqda”, – deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.
Davlat organi ma’muriy özgarişlarni “davlat boşqaruvi tizimini institutsional jihatdan yangi bosqiç vazifalarini amalga oşiriş yölidagi navbatdagi sifat jihatdan yangi islohot” deb atagan.
“Bu islohot natijasida davlat boşqaruvi tizimining eng muhim böğini – Vazirlar Mahkamasi takomillaştirilmoqda. Ijro etuvçi hokimiyat yanada ixçamlaşib, funksiyalarning takrorlanişi istisno qilinmoqda. Byurokratiya qisqartirilmoqda. Har qanday oqilona taşabbus, röyxatdan ötgandan söng, idoralararo muvofiqlaştiriş va tasdiqlaş kabi 9 poğonadan ötişga majbur bölgan amaliyot ötmişda qolmoqda. Notöğri, haddan taşqari yuklangan apparat örnini egiluvçan, muayyan muammolarni hal qilişga qaratilgan tuzilma egallaydi. Vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari, prezident, parlament va jamoatçilik oldidagi siyosiy mas’uliyati hamda javobgarligi keskin oşirilmoqda. Ularning sohaga ajratiladigan mablağlarni işlatişdagi mustaqilligi belgilanmoqda. Vazirlik va idoralarning funksiyalarining optimallaştirilişi natijasida xususiy sektorga ötkazilayotgan davlat funksiyalari kamida 3 barobarga köpaytirilmoqda”,
















