Rossiyalik Sofiya Sapegaga Belarusda afv etiş böyiça arizasi rad etildi. Bu haqda 10 yanvar, seşanba kuni qizning advokati Anton Gaşinskiyga asoslanib, «Mediazona. Belarus» internet naşri xabar berdi.
Ayni paytda, TASS agentligi ham Gaşinskiyga tayanib, Sapeganing himoyasi mahkum ayolni jazo muddatini Rossiyada ötaş uçun yaqin vaqt içida RFga ötkaziş böyiça sörov yuboriş niyatida ekanligini yozmoqda. «Biz uni (Sapegani) jazoni Rossiya Federatsiyasida ötaşi uçun yuborişni söraymiz. Bunday holda, u Rossiya prezidentiga uni qolgan muddatni ötaşdan ozod qiliş iltimosi bilan murojaat qilişi mumkin böladi», - deya advokatning sözlarini keltirgan agentlik.
Sapeganing onasi Anna Dudiçning sözlariga köra, u qizining maktubidan 4 yanvar kuni Belarus hukumati qizni afv etişdan boş tortgani haqida xabar topgan.
Sofiya Sapega 2021 yilning may oyida öşa paytdagi tanişi, Nexta Telegram-kanali sobiq boş muharriri Roman Protaseviç bilan qölga olingan. Buning uçun Belarus hukumati Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasiga tegişli, Afinadan Vilnyusga uçayotgan samolyotini Minskda favqulodda qönişga majbur qildi.
Sapega Belarus xavfsizlik xodimlarining şaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan «Çernaya kniga Belarusi» Telegram-kanalini boşqarişda ayblandi. 2022 yil may oyida qiz olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
2022 yil iyun oyida Sapega Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoga afv etiş haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilib, unda uni «yoşlik va ahmoqlik jinoyatga undaganini» körsatdi.

















