Ukrainada uruşning 321-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Donetsk oblasti Soledar şahri ma’muriyati binosi oldidan videomurojaat qilişdi va şahar markazi «tozalangani»ni aytişdi. «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin uning bölinmalari Soledarni töliq nazoratga olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni hozirça vaziyat yuzasidan izoh bermadi;
- General Aleksandr Lapin RF qurolli kuçlari quruqlik qöşinlari Boş ştabi boşliği etib tayinlandi. Ötgan yil oxirlarida u «Markaz» qöşinlar guruhi qömondoni lavozimidan ozod etilgandi;
- Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, uruş boşlanganidan buyon Rossiyaning 600 nafardan ortiq agentlari va josuslari foş etilgan. Ular qatorida mudofaa vaziri hamda Ukraina razvedkasi Boş boşqarmasi boşliği Oleksey Reznikovning hayotiga suiqasd qilmoqçi bölganlar ham bor;
- Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok Xarkivga taşrif buyurdi va Kiyevga yangi qurollar yetkazib berilişini va’da qildi.
Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosi vayronalari
1 yanvarga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari Donetskdan 16 kilometr masofadagi Makiyivka şahrida rossiyalik harbiylar bazasiga aylantirilgan 19-sonli kasb-hunar maktabi binosini öqqa tutdi. RF mudofaa vazirligi yotoqxonaga hujum oqibatida 89 nafar harbiysi halok bölganini tasdiqladi, Ukraina qömondonligi esa 300 dan ortiq kişi qurbon bölib, 400 dan ortiği yarador borligini xabar qildi. Quyida uşbu bino örnidagi xarobalar suratlari.



































