Pokistonning Kvatta şahrida yaşovçi 52 yoşli Sardorjon Muhammadhon Xiljiy oltmişinçi marta ota böldi, deb xabar berdi BBC News.  

Erkak mutaxassisligi böyiça şifokor, öz klinikasiga ega. U uç nafar ayolga uylangan. U yanada köproq farzand köriş uçun törtinçi xotin olişni rejalaştirmoqda va döstlaridan kelin topişda yordam söragan.  

Xiljiy sözlariga köra, avval u yuz nafar farzand körişni rejalaştirgan edi. Biroq keyinçalik fikrini özgartirgan, çunki mamlakatda kun köriş juda qimmatga tuşadi. 

Köp farzandli ota sayohat qilişni yoqtirişini aytdi. Ammo farzandlarining barçasini maşinaga siğdira olmasligidan nolidi. U hukumatdan avtobus berilişiga umid qilmoqda. 

Pokiston dunyodagi aholisi köp mamlakatlardan biri hisoblanadi. Uşbu davlatda 220 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi.