«Şahar markazida vaziyat öta keskin şakllangan, u yerda janglar ketmoqda. Asirga olinganlar soni ertaga ma’lum qilinadi», - dedi u «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi «Konkord» kompaniyasi sahifasida. 

Prigojinning alohida ta’kidlaşiça, Soledarga hujumda «Vagner» XHKdan taşqari boşqa heç qanday bölinma qatnaşmagan. 

RIA «Novosti»ning xabar berişiça, rossiyalik yollanma askarlar Soledardagi tuz konlarini egallab olgan. Agentlik ixtiyorida tegişli fotosuratlar mavjud, ularda Yevgeniy Prigojinning özi ham bor.

Şu bilan birga, seşanba kuni keçqurun Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi va Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari Soledar uçun şiddatli janglar davom etayotganini aytişdi. 

Rossiya harbiy muxbirlari öz bloglarida Soledardagi Ukraina qöşinlari Prigojinning tunda taslim böliş haqidagi ultimatumini rad etganliklari va qarşilik körsatişdan töxtamaganliklari haqida xabar berişdi. 

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bu şahardagi vaziyatga hozirça izoh bermadi.