Uning sözlariga köra, hozir şaharda portlaş ovozlari eşitilmoqda. Mahalliy aholidan boşpanalarni tark etmaslik söralgan.
Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaning Xarkiv şahriga e’lon qilinmagan taşrif bilan bordi.
Unga Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba va Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Aleksey Makeyev hamrohlik qildi. Taşrif xavfsizlik nuqtayi nazaridan sir tutildi.
Annalena Berbok Germaniya Vazirlar Mahkamasining fevral oyidan beri Şarqiy Ukrainaga taşrif buyurgan birinçi a’zosi böldi, deb qayd qildi Stuttgarter Nachrichten.
Taşrif çoğida vazir köproq qurol-yaroğ va şuningdek, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşilişiga yordam beradigan «aniq takliflar»ni va’da qildi.

















