«Duşman öz şaxsiy tarkibining oğir yöqotişlariga e’tibor bermayapti va faol hujumni davom ettirmoqda. Bizning pozitsiyalarimizga yaqinlaşiş şunçaki halok bölgan duşman askarlarining jasadlari bilan tölib toşgan», - deb ta’kidlab ötdi Malyar. 

Uning sözlariga köra, ukrainalik jangçilar safni jasorat bilan uşlab turişibdi. 

«Faqat kuçli xalq katta va kuçli duşmanga qarşi şunday astoydil kuraşa oladi», dedi vazir örinbosari.

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiyaning sönggi tört kunlik hujumidan söng, Soledarning katta qismi rus qöşinlari va "Vagner" XHK kuçlari nazorati ostida bölişi mumkin. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan Ukrainadagi vaziyat şarhiga köra, Baxmutdan 10 km şimolda joylaşgan uşbu aholi punktini egallab oliş, ehtimol, Rossiya kuçlarining asosiy tezkor vazifasidir. 

Katta ehtimol bilan u Baxmutni şimoldan çetlab ötiş va Ukraina aloqa yöllarini buziş maqsadida amalga oşirilmoqda. 

Boşqa narsalar qatorida, janglar hudud ostidan ötuvçi 200 kilometrlik taşlandiq tuz konlari tunnellariga kiriş uçun ham olib borilgan, deb ma’lum qildi London.