2022 yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari öqiş maqsadida xorijga çiqqan.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida özbekistonlik talabalar öqiş maqsadida eng köp safar qilgan davlatlar orasida Qirğiziston birinçi örinni egalladi – 52 291 kişi.

Undan keyingi örinlardan mos ravişda 47 213 kişi hamda 13 128 kişi öqiş maqsadida borgan Tojikiston va Rossiya joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega böldi:

  • Qozoğiston – 10 646 kişi;
  • Turkiya – 5 265 kişi;
  • Janubiy Koreya – 4 645 kişi;
  • AQŞ – 987 kişi;
  • Buyuk Britaniya –  971 kişi;
  • Belarus R. – 928 kişi;
  • Germaniya – 772 kişi.