Sobiq Özbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy qömitasining birinçi kotibi Rafiq Nişonov 97 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Nuz.uz naşri xabar tarqatdi.
Rafiq Nişonov – Özbekiston SSR arbobi, diplomat. 1926 yil 15 yanvarda Böstonliq tumani Ğazalkent şaharçasida tuğilgan.
Nişonov 1970 yilda SSSRning Şri-Lanka va Maldivdagi, 1978 yilda esa Iordaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan. 1985-1986 yillarda Özbekiston SSR taşqi işlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 1986-1988 yillarda Özbekiston SSR Oliy soveti prezidiumi raisi bölgan, 1988-1989 yillarda kommunistik partiyaga rahbarlik qilgan.
Siyosiy arbob 1989 yildan buyon Moskvada yaşab kelayotgandi. U 1989-1991 yillarda SSSR xalq deputati va SSSR Oliy sovetining Millatlar kengaşi raisi bölgan. 1991 yil sentabrda SSSR prezidenti Mixail Gorbaçyovga maslahatçi lavozimini egallagan; oradan ikki oy ötib, suverenitetlar paradi fonida, pensiyaga çiqqan.
2021 yil 15 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rafiq Nişonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan edi.
Nişonov 2020 yilda bergan intervyusida Özbekistonning ikkinçi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning islohotlarini qöllab-quvvatlagan, Mirziyoyev “sokin inqilob” qilganini aytgandi.













