Odinsovo garnizoni harbiy sudi safarbar etilgan Aleksandr Leşkovni qömondonni kaltaklaganlikda aybdor deb topib, beş yil-u olti oyga qat’iy rejimli koloniyaga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Rossiya OAV 11 yanvar, çorşanba kuni sud matbuot xizmatiga tayanib.
Jinoiy iş qözğatişga sabab bölgan voqea haqida noyabr oyi örtalarida, internetda Moskva yaqinidagi "Patriot" boğidagi poligonda safarbar qilinganlar va ularning qömondonligi örtasidagi mojaro aks etgan video tarqalgaç ma’lum böldi. Kadrlarda çaqiriluvçilar ofitserlarni yomon tayyorgarlik, sifatsiz jihozlar va loqayd munosabat uçun qoralaşi aks etgan. Safarbar qilinganlar nomidan gapirgan oddiy askar Leşkov ofitser bilan janjal paytida uni turtib yuborgan. Bu iş qözğatilişi uçun asos bölib xizmat qildi.
Aleksey Leşkov 15 noyabr kuni hibsga olingan. U boşliqni kaltaklaganlikda va haqorat qilganlikda ayblangan. Işda ta’kidlanişiça, «oddiy askar haqoratli şaklda behayo sözlarni işlatib, xizmat taşkil etilişidan noroziligini ma’lum qilgan, şuningdek, ofitserning yuziga sigareta tutunini ataylab puflagan, şundan söng u muşti bilan podpolkovnikning kökragiga urgan».
Odinsovo garnizoni harbiy sudining hukmi ustidan allaqaçon şikoyat qilingan. Şikoyat 2-ğarbiy okrug harbiy sudi tomonidan körib çiqiladi. Aleksandr Leşkovning özi aybini tan olmayapti.
Rossiya Davlat dumasi safarbarlik boşlanişidan oldin Jinoyat kodeksiga bir qator özgartişlarni ma’qullab, «safarbarlik davrida yoki harbiy holat davrida, uruş davrida» sodir etilgan jinoyatlar uçun jazoni kuçaytirdi. Bu boşliqqa nisbatan zöravonlik harakatlari haqidagi moddaga ham ta’sir qildi. Ilgari buning uçun eng köp jazo - 5 yil, agar jinoyat bir guruh şaxslar tomonidan yoki qurol işlatiş bilan oğir oqibatlarga olib kelgan bölsa - 8 yil qamoq jazosi edi.


















