Hindiston raisligida onlayn şaklda ötkaziladigan tadbirda Bangladeş, Vetnam, Kambodja, Möğuliston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Tailand va boşqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham qatnaşadi. Jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari taklif qilingan.

Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi doirasida ötkazilayotgan sammit maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini ilgari suriş va dolzarb muammolarini hal etiş yölida, iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, inson resurslarini rivojlantiriş, innovatsiyalar, turizm va boşqa yönalişlardagi özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştiriş maqsadida fikr almaşiş va aniq takliflarni işlab çiqişdan iborat.