«Rossiyaliklar Soledar ularning nazorati ostida ekanini aytişyapti, bu haqiqat emas. Tafsilotlar Boş ştab xulosasida, kuting», - deb ma’lum qildi u.
Öz navbatida, Ukraina Qurolli kuçlarining Strategik aloqa boşqarmasi Yevgeniy Prigojinning «Vagner» XHKning rossiyalik yollanma askarlari Soledar butun hududini nazorat qilayotgani haqidagi bayonotini yolğon ma’lumot va psixologik operatsiya deb atadi.
«Aftidan, Prigojinning joylaşuvi haqidagi ma’lumot haqiqatga töğri kelmaydi va u Soledar konlarida ham emas. Prigojinning piarçi xodimlaridan yolğon ma’lumot va psixologik operatsiya elementi mahbuslar orasidagi aql bovar qilmas yöqotişlarni qandaydir tarzda oqlaş uçun içki auditoriyaga qaratilgan», - deb hisoblaydi Ukraina Qurolli kuçlari.
Bundan oldin «Vagner» XHK asosçisi, rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin Soledarning butun hududi egallab olinganini e’lon qilgandi.
«Şahar markazida vaziyat öta keskin şakllangan, u yerda janglar ketmoqda. Asirga olinganlar soni ertaga ma’lum qilinadi», - dedi u «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi «Konkord» kompaniyasi sahifasida.
Prigojinning alohida ta’kidlaşiça, Soledarga hujumda «Vagner» XHKdan taşqari boşqa heç qanday bölinma qatnaşmagan.
RIA «Novosti»ning xabar berişiça, rossiyalik yollanma askarlar Soledardagi tuz konlarini egallab olgan. Agentlik ixtiyorida tegişli fotosuratlar mavjud, ularda Yevgeniy Prigojinning özi ham bor.


















