Exeed kompaniyasi va Özbekistonning Asaka Motors kompaniyasi örtasida hamkorlik şartnomasi imzolanganidan söng, Exeed Özbekiston bozoriga kirganini rasman e’lon qildi. Bu haqda iXBT xabar berdi.

Exeed Xitoyning Chery kompaniyasi brendi bölib, 2017 yilda premium sinfidagi avtomobillar uçun maxsus taşkil qilingan.

Özbekistonda Exeed avtomobillarini bahordayoq xarid qiliş mumkin böladi, keyinçalik uşbu avtomobillarni işlab çiqariş va mahalliylaştiriş rejalaştirilmoqda.

«Yangi avtomobillarni yetkazib beriş 2023 yil mart oyida boşlanadi. Unga Exeed VX yöltanlamasi, zamonaviy TXL va yoşlar uçun möljallangan LX modellari kiradi. Haşamatli avtomobillarni işlab çiqariş va mahalliylaştiriş borasida biz kelajakka umid bilan qaraymiz, çunki bu çora-tadbirlar Özbekiston avtomobil sanoatini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi», dedi Asaka Motors boş direktori Rustam Bekçanov.

Press-relizda aytilişiça, mamlakatda avtomobil işlab çiqarişni taşkil etiş «mijozlar uçun avtomobillar narxini sezilarli darajada pasaytiradi». 

Bahorda Toşkentda ikkita avtosalon oçiladi, Samarqand, Navoiy va Farğonada ham avtosalonlar oçiladi, ularda dastlab Xitoyda işlab çiqarilgan avtomobillar sotiladi.

«Exeed falsafasi - öz-özini doimiy takomillaştirişdir. Exeed avtomobillari endi rasman Özbekistonda, Exeed avtomobillarini Markaziy Osiyodagi muhim bozorda rasman taqdim etilişidan mamnunmiz», deyiladi kompaniya xabarida.

Exeed avtomobillarining Özbekistondagi narxi qanday bölişi xabarda keltirilmagan. Ma’lumot örnida keltiradigan bölsak, Rossiyada Exeed VX modeli taxminan 58 ming dollar, TXL modeli 47 ming dollar, LX modeli 40 ming dollarga sotilmoqda.