«Ular mobilizatsiyani qöllab-quvvatlaş va tajovuzkorlarga umid beriş uçun öz jamiyatiga vaziyatni şunday taqdim etmoqda. Ammo janglar davom etyapti. Donetsk yönalişi qat’iy turibdi. Biz hamma narsani hatto bir kunga ham tanaffussiz qilyapmiz. Bu Ukraina mudofaasini kuçaytiriş uçun zarur», - deya ta’kidlab ötdi Zelenskiy. 

Soledar uçun janglar davom etayotgani haqida avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi xabar bergan edi.

Avvalroq «Vagner» XHK asosçisi, rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin Soledarning butun hududi egallab olinganini e’lon qilgandi. 

«Şahar markazida vaziyat öta keskin şakllangan, u yerda janglar ketmoqda. Asirga olinganlar soni ertaga ma’lum qilinadi», - dedi u «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi «Konkord» kompaniyasi sahifasida. 

Prigojinning alohida ta’kidlaşiça, Soledarga hujumda «Vagner» XHKdan taşqari boşqa heç qanday bölinma qatnaşmagan. 

RIA «Novosti»ning xabar berişiça, rossiyalik yollanma askarlar Soledardagi tuz konlarini egallab olgan. Agentlik ixtiyorida tegişli fotosuratlar mavjud, ularda Yevgeniy Prigojinning özi ham bor.

Şu bilan birga, seşanba kuni keçqurun Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi va Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari Soledar uçun şiddatli janglar davom etayotganini aytişdi.