Ukrainada uruşning 323-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina hukumati Soledarda «oğir janglar davom etayotgani»ni ma’lum qilib, «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojinning şahar uning yollanma jangçilari nazoratiga ötgani va taslim bölişdan boş tortgan yuzlab ukrain askarlari öldirilgani haqidagi gaplarini rad etdi. RF mudofaa vazirligining har kungi brifingida Soledar haqida heç narsa deyilmagan;
  • Yarador rossiyalik askarlar heç qanday harbiy-şifokor xulosasisiz frontga qaytarib yuborilmoqda. Hatto oyoq-qöllariga oskolka kirganlar va öpkasidan öq yeganlar ham oldingi çiqqan qaytarib yuborilmoqda. Bu haqda «Agenstvo» naşri Askarlar onalari qömitasi mas’ul kotibi Valentina Melnikovaga asoslanib xabar bermoqda;
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilişiça, Vladimir Putin harbiy xizmatga çaqiruv yoşini 30 yoşgaça oşiriş ğoyasini «konseptual» jihatdan qöllab-quvvatlagan;
  • Ufada 24 yoşli yefreytor Marsel Kandarov Ukrainaga uruşga borişdan boş tortgani uçun beş yilga ozodlikdan mahrum etildi. May oyida u xizmatga kelmagan, sentabrda esa huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olingan;
  • «Yedinaya Rossiya» 2023 yilgi hududiy saylovlarga Ukrainaga bosqin iştirokçilari — sobiq harbiylar va köngillilarning nomzodlarini ilgari suradi.

Baxmutdagi Ukraina qöşini

11 yanvar kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Donbass markazida joylaşgan Soledar şahrining katta qismini egalladi. XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin esa Soledar töliğiça Rossiya qöşinlari tomonidan nazorat qilinayotganini aytdi (buni keyinroq Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti ham tasdiqladi), ammo Ukraina tomoni buni rad etmoqda. Harbiy ekspertlar Soledardan keyin RF armiyasi bu şahardan 10 kilometr janubda joylaşgan Baxmutni ham egallaş imkoniyatiga ega bölişini taxmin qilişmoqda. Bu şahar uçun 2022 yil iyulidan buyon şiddatli janglar keçmoqda. Quyida Baxmut mudofaasidagi ukrainalik harbiylar suratlari.

Ukrainalik harbiylar RF armiyasining asir tuşgan askarini tintuv qilişmoqda
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press