Suhbat çoğida Özbekiston-Italiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Turli darajalarda bölib ötadigan qöşma tadbirlar, xususan, TIVlararo siyosiy maslahatlaşuvlar va «Italiya – Markaziy Osiyo» şaklidagi muloqot navbatdagi davralarini ötkaziş muddatlari va kun tartibi böyiça takliflar körib çiqildi.
Ikki mamlakat qonun çiqaruvçi organlari örtasidagi muloqotni rivojlantiriş, parlament a’zolarining özaro taşriflarini taşkil etiş, parlamentlararo döstlik guruhlari faoliyatini kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
Muzokaralarda iqtisodiy diplomatiyani faollaştirişga alohida urğu berildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş, Italiya bozoriga özbek mahsulotlarining eksportini köpaytirişdan özaro manfaatdorlik bildirildi.
Madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi. Özbekiston va Italiya taşqi siyosat idoralari örtasidagi hamkorlikni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.

















