Ukraina sudyalarining 12 yanvar, payşanba kuni bölib ötgan navbatdan taşqari qurultoyi öz kvotasiga köra oliy adliya kengaşining 8 nafar a’zosini sayladi va şu tariqa işga qabul qilişni yakunladi – endilikda uning 15 nafar a’zosi bor, deb yozadi Reuters. Şu tariqa, uşbu organ 2022 yil 22 fevralda oliy adliya kengaşining amaldagi 15 nafar a’zosidan 10 nafari öz xohişiga köra muddatidan oldin iste’foga çiqqan paytda töxtab qolgan işni davom ettirişi mumkin.
Yevropa Ittifoqi sud-huquq islohotini amalga oşiriş yölidagi muhim qadam sifatida oliy adliya kengaşi faoliyatini qayta tiklaşni talab qildi. «Şu tariqa, asosiy sud organlari öz işini davom ettirişi mumkin. Men isloh qilingan oliy adliya kengaşi qonun ustuvorligi va amalda halollikni namoyiş etişini intiqlik bilan kutaman», deb yozdi Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi vakili Matti Maasikas özining Twitter'dagi sahifasida.
Oliy adliya kengaşi, jumladan, sudyalarni lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod etiş, sudyalar ustidan berilgan şikoyatlarni körib çiqiş va turli instansiya sudlaridagi sudyalar sonini aniqlaş funksiyalariga ega. Davlat tilini biladigan, oliy yuridik ma’lumotga va kamida 15 yillik kasbiy tajribaga ega bölgan, şuningdek, halollik va kasbiy malaka mezonlariga javob beradigan Ukraina fuqarosi oliy adliya kengaşi a’zosi bölişi mumkin.


















