“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi bugungi kundagi havo harorati özgarişlarini inobatga olgan holda korxonaning asosiy tarkibiy bölinmalarida amalga oşirilgan işlar holatini örgandi.
Turli xil texnologik va iqtisodiy jihatlarga aniqlik kiritildi, texnologik qurilmalar, kompressor va nasos stansiyalari işlaşini hamda anomal sovuq kunlari işlayotgan işçi xodimlar uçun yaratilgan şaroit joyida nazorat qilindi.

Bugun -25 gradus sovuq havoda sexlarning işçilari uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişib çiqildi, suhbat davomida ularga mehnat şaroitlarini yaratiş borasidagi muammoli masalalar muhokama qilindi.
Zavoddagi texnologik jarayonlarning uzluksiz işlaşi va mamlakatimiz iste’molçilarini AI-80 rusumli avtomobil benzini va suyultirilgan gaz bilan ta’minlaş maqsadida Buxoro NQIZ rahbariyatiga topşiriqlar berildi.
Şuningdek, sovuq kunlarda mas’ul şaxslarning navbatçiligi böyiça çoralar kuçaytirilişi böyiça vazifalar belgilab berildi.

Zavod faoliyati yönalişlari böyiça loyihalarning taqdimot planşetlari ham namoyiş etildi.
Buxoro NQIZning 2021-2022 yillardagi işlab çiqariş körsatkiçlari va mahsulotlari qiyosiy tahlili ötkazilgani, zavodning istiqbolli rivojlantiriş böyiça qator takliflar bildirilgani ma’lum qilindi.

Şu kunning özida, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi mutaxassislarining işçi uçraşuvi bölib ötdi, unda zavodning işlab çiqariş körsatkiçlari bilan boğliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yiğilişda 2023 yilga möljallangan texnik-iqtisodiy körsatkiçlarni bajariş, innovatsion rivojlaniş, mahalliylaştirilgan mahsulotlar işlab çiqariş va kooperatsiyani kengaytiriş, yangi mahsulotlarni çiqariş, iqtisodiy samaradorlikka erişiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar, korxonaning kapital quriliş dasturlari va joriy yildagi rejalari muhokama qilindi.

Respublikamiz aholisini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida Buxoro NQIZ rahbariyatiga sanoat xavfsizligini mustahkamlaş, energiya samaradorligini oşiriş va energiya resurslaridan foydalanişni optimallaştiriş, xavfsiz işlab çiqarişni taşkil etiş, işlab çiqarişni optimallaştiriş böyiça kompleks yondaşuvni şakllantiriş va korxonaning asosiy faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.

















