Uning sözlariga köra, Baxmut, xususan, xalqaro legion va "Şaman" otryadi jangçilari tomonidan himoyalanmoqda. 

Zelenskiy, şuningdek, "Kraken" bölinmasi jangçilariga Soledar yaqinidagi janglarda çidamliligi va muvaffaqiyatli harakatlari uçun minnatdorçilik bildirdi.

Bundan oldin AQŞ Mudofaa vazirligi Soledar Rossiya kuçlari tomonidan qölga olinganini tasdiqlamagandi. Bu haqda Vaşingtondagi brifingda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi. 

«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qöşimça qildi Pentagon vakili. 

Şuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilişga tayyorlanayotgani alomatlarini körmayotganini ta’kidladi.