Noyabr oyi oxirida Rossiya Özbekiston va Qozoğistonga “uçtomonlama gaz ittifoqi” tuzişni taklif qilgan edi. Şundan keyin bu masalada bir neça marta ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilgan.

Gazeta.uz bir neçta manbalariga tayanib yozişiça, avvaliga Rossiya tomoni rus gazini Özbekistonga Qozoğiston orqali, “Markaziy Osiyo – Markaz” quvurlar tarmoğida yetkazib berişni taklif qilgan.

“Rossiya tomonining asosiy şarti Özbekistonning gaz-transport tizimini bozor narxida “Gazprom” egaligiga ötkaziş bölgan. Xuddi şunday talab “Qozoqgaz” kompaniyasiga ham qöyilgan, lekin kompaniya bunday şartlarga rozi bölmagan.

Rossiya tomoni ilgari surgan ikkinçi şart – Xitoyga gaz eksporti huquqini topşiriş bölgan. Ya’ni “Gazprom” kelişuvda Özbekistonning “UzGasTrade” kompaniyasi örnini egallaşni taklif qilgan.

Dekabr oyida ikki tomonlama muzokaralar natijalariga köra Rossiya tomonining şartlarini olib taşlaşga erişilgan”, – deya yozmoqda naşr.

Manbaga köra, Rossiyadan Özbekistonga gaz yetkazişning texnik imkoniyatlarini baholaş uçun yana seriyali muzokaralar ötkazilişi közda tutilmoqda. Lekin buning uçun qilinişi kerak bölgan işlarning masştabi katta hajmdagi moliyalaştirişni talab qiladi. Şu sababli ta’minotni taşkil etişning amaliy imkoniyati juda kam, degan naşr manbalari.

Eslatib ötamiz, Kreml gaz evaziga Özbekiston va Qozoğistonga siyosiy şartlar qöyayotganini rasman rad etgan. Dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “uçtomonlama gaz alyansi” haqida gapirarkan, buni amalga oşiriş uçun Rossiya hududida qiymati 260 milliard rubl bölgan gaz transporti infratuzilmasini qurişga töğri kelişini aytgandi.

Rossiya bilan gaz masalasidagi hamkorlik uç tomonlama ittifoq şaklida bölişini Özbekiston ham, Qozoğiston ham xohlamayapti. Ayni paytda, har ikki mamlakat Rossiya bilan gaz masalasida ikki tomonlama muzokaralar ketayotganini tasdiqlagan. Şu hafta Qozoğiston boş vaziri Alixon Smailov rasmiy Ostona “uçtomonlama ittifoq” böyiça rasmiy taklif olmaganini aytdi, ayni paytda “Gazprom” bilan “tijoriy va özaro manfaatli” muzokaralar ketayotganini