Kun.uz Toşkent Xalqaro aeroportida kutib oluvçilar içkariga kiritilmasligi, sovuq ob-havoda ular qanday şaroitda turganliklari haqida tanqidiy reportaj e’lon qilgandi. Buning ortidan kutib oluvçilar uçib keliş zallariga kirişi hamda terminal içida (bojxona hududigaça bölgan joyda) uçib kelayotgan yölovçilarni kutişlari mumkin böldi. Faqat bu sovuq kunlar uçungina joriy qilingan tartib bölişi mumikn.
Anomal sovuq ob-havo munosabati bilan respublika aeroportlari binosiga kutib oluvçilarning kiritilişiga ruxsat berildi. Ilgari kutib oluvçilarni binoga kiritiş aeroportlarda faoliyat yurituvçi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan çeklangan edi. Bugundan boşlab barça kutib oluvçilar uçib keliş zallariga kirib, terminal içida bojxona hududigaça bölgan joyda uçib kelayotgan yölovçilarni kutişlari mumkin böladi.
“Nihoyat, bizning takliflar eşitilgani va davlat rahbariyati tomonidan irodali qaror qabul qilinganidan juda xursandmiz. Bilaman, muammo köp yillar davomida mavjud edi. Odamlar issiqda va sovuqda taşqarida turişgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan va boşqa bir qator sabablarga köra ularni içkariga kiritiş taqiqlangan. 2018 yilda qurilgan uçib keliş zali ham xalqaro standartlarga javob bermaydi, unda kutib oluvçilar uçun joy ajratilmagan. Uning ustiga zal juda kiçkina. Biz hozirda binoning old qismini suriş orqali zal maydonini köpaytiriş loyihasini işlab çiqmoqdamiz, bu yerda kutib oluvçilar uçun şaroit yaratiş mumkin böladi. Jarayon, zal atrofida köplab kommunikatsiyalar örnatilganligi sababli murakkablaşmoqda. Har safar, biz mavjud aeroportni qayta quriş, kengaytiriş, qulayroq qiliş uçun harakat qilişga qöl urganimizda, poytaxtimizga yangi aeroport quriş kerak ekanligiga işonç hosil qilmoqdamiz. Ammo, aeroportlar bir kunda bunyod etilmasligini hisobga olib, imkon qadar mavjud aeroportni rekonstruksiya qilmoqdamiz”, — dedi “Uzbekistan Airports” AJ boşqaruvi raisi Ra’no Jörayeva.
“Uzbekistan Airports”ning bayonotidan anglaşilişiça, mazkur tartib doimiy bölmaydi, bu şaroit faqat sovuq ob-havo hukm surib turgan kunlar uçun amal qiladi.















