«Özeltexsanoat» uyuşmasi ma’lumotiga köra, GSP+ imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sloveniya, Çexiya, Avstriya va Vengriya davlatlariga, şu bilan birga, Iroq, Livan, Markaziy va Ğarbiy Afrikaning Gana, Kamerun Respublikalariga tarixda birinçi marta elektrotexnika mahsulotlari sotildi.
4 ta xalqaro körgazmada milliy mahsulotlar uçun alohida maydon ajratildi. Körgazmalar davomida korxonalar qariyb 50 million dollarlik şartnomalarni imzolaşga erişdi.
Eng köp mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Ozarboyjon hissasiga töğri keladi.
Ötgan yili 14 ta yangi korxona ilk marotaba öz mahsulotlarini eksportga çiqardi.
















