2022 yilgi futbol böyiça jahon çempionati bilan boğliq Yevropa Ittifoqidagi korrupsiya mojarosi fonida, Yevroparlamentning Belgiyadan ikki a’zosi ötgan hafta Qatarga safar qilganliklarini yaşirib kelişganini tan olişdi. 15 yanvar, yakşanba kuni sotsialistlardan Yevroparlament deputati Mark Tarabellaning advokati Belgiyaning RTL telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, uning mijozi 2020 yil fevral oyida amirlik hisobidan Qatarga borgan, biroq parlamentga safar haqida xabar bermagan.

«Uni (Qatarga) kongressga taklif qilişdi. Taşkilotçilar pul tölaşdi, - dedi Tarabellaning advokati. - U hali safarini e’lon qilmagan Keyin Ganaga ketdi, keyin esa - COVID-19. Uning hamkasbi unga buni qilişi kerakligini eslatdi, ammo vaqt tugagandi». Himoyaçi ta’kidlaganidek, «taşkilotning sayohat uçun pul tölaşida noqonuniy heç narsa yöq».

Bir neça kun oldin, YePning markaziy söl sotsial-demokratik fraksiyasi a’zosi Mariya Arena 2022 yil may oyida Qatar hukumati tomonidan moliyalaştirilgan şunga öxşaş safarni amalga oşirgani haqida xabar berişni «unutganini» aytdi. Belgiya ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida u «hujjatni töldiriş juda qiyin bölganini» ta’kidladi. Şundan söng, Arena YeP Inson huquqlari böyiça quyi qömitasi raisi lavozimini tark etiş qarorini e’lon qildi.

2022 yil dekabr oyida bölib ötgan yalpi majlisda Yevroparlament vitse-prezident Yeva Kayli lavozimidan çetlatildi. U qamoqqa olingan va Belgiya rasmiylari tomonidan jinoiy taşkilotga aloqadorlik, pul yuviş va korrupsiyada ayblangan törtta gumonlanuvçidan biri. 22 dekabr kuni Bryusseldagi birinçi instansiya sudi dastlabki tergov palatasi Kaylining hibsga oliş muddatini bir oyga uzaytirdi.

Yanvar oyi boşida YeP raisi Roberta Metsola korrupsiya mojarosini tergov qilayotgan Belgiya sud tizimining iltimosiga binoan ikki deputatni parlament daxlsizligidan mahrum qiliş böyiça «şoşilinç tartib» taşabbusi bilan çiqdi. Bu ikki deputat kim ekani aniqlaştirilmagan, ammo OAV xabar qilganidek, tergovga ayblanuvçilar sifatida Mark Tarabella va italiyalik Andrea Kotssolino jalb qilingan.

Yevroparlamentda Kayli Qatardagi mehnat bozoridagi vaziyatni kuzatuvçi vakillardan biri bölgan, u yerda huquq himoyaçilari Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarining köplab buzilişi holatlarini qayd etişgan. 2022 yilgi futbol böyiça jahon çempionati boşlanişidan biroz oldin Kayli Qatar mehnat vaziri bilan uçraşdi va 22 noyabr kuni YePda sözga çiqib, Qatardagi mehnat bozori islohotiga ijobiy baho berib, uni «arab dunyosini ilhomlantiradi» deb atadi.