Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Farğona viloyatida ötkazilgan tadbirda «K.A» MÇJ rahbari M.A. korxonaning Uçköprik tumanidagi yordamçi xöjaligida göyoki kompyuter texnikalarini ta’mirlaş sexini taşkil etib, amalda 179 dona «Antminer» mayning qurilmalarini özboşimçalik bilan elektr tarmoğiga ulab, 794,7 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Şuningdek, fuqaro S.S. Örikzor köçasidagi uyida göyoki muzlatkiçlarni ta’mirlaş sexi taşkil etib, amalda 6 dona «Antminer» mayning qurilmalarini özboşimçalik bilan elektr tarmoğiga ulab, 126,1 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 283,8 mln söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Uşbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















