Muloqot davomida Konimex tumanida quyoş panellarini işlab çiqariş va quyoş fotoelektrostansiyasini quriş loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Koreyalik hamkorlarga Özbekistondagi mavjud investitsiya muhiti hamda xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan qulayliklar va taqdim etilayotgan preferensiyalar töğrisidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Öz navbatida, Koreya kompaniyalari rahbarlari tomonidan Özbekistonda qayta tiklanadigan energiya sohasida hamkorlik qilişga katta qiziqiş bildirildi. 2022 yilning oktabr-noyabr oylarida dastlabki örganişlarni amalga oşiriş maqsadida Özbekistonga safar davomida körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildirildi. Faoliyati davomida olingan tajriba va takomillaştirib kelinayotgan texnologiyalarini tatbiq qiliş istagi namoyon qilindi.

Kim Çang Keon mazkur loyihalarning iqtisodiy samaradorligini töliq örganiş maqsadida joriy yilning fevral oyida Janubiy Koreyaning uşbu nufuzli kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya amaliy safar bilan Özbekistonga borişini ma’lum qildi.