Bu yilgi sovuq şunday zabtiga oldiki, ta’tillar uzaytirildi, metan şoxobçalari yopildi, qiş qişligini qilganda uni munosib “kutib olişga” tayyor emasligimiz yaqqol namoyon böldi.
Jizzax şahri aholisi anomal sovuqni qanday ötkazmoqda? Uşbu fotoreportajimiz şu haqida.
Bezatilganidan yiğib taşlanguniça gavjum böldigan bayram arçasi sovuqda yolğizlanib qoldi.

Yöllarda odam kamçil. Gaz quyiş şoxobçalari yopilgani sabab avtobuslar qatnovi töxtadi. 4000 söm bilan qatnaydigan taksilar narxi 10 000 sömga çiqdi.


Tarnovlarni qoplagan uzun va qalin sumalaklarning ostidan ötiş ham xavfli bölib qoldi.


Gaz past bölgan xonadonlar gaz ustiga ğişt qöyib qöyişdi. Uyni yaxşiroq isitiş uçun.


Uyga kirayotgan sovuqni oz bölsa-da qaytariş maqsadida eşik va derazalarga qalin matolar tutildi.

Lekin bu ham deraza va eşiklarni muzlaşdan asrab qololmadi.


Ayoz qulflab qöygan eşiklarni oçişning iloji bölmadi.
















