«Farğonaazot» aksiyadorlik jamiyati Singapurning Indorama kompaniyasiga 140 million dollarga sotiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, «Farğonaazot» AJ ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalari paketi Indorama Corporation Pte. Ltd (Singapur) kompaniyasiga sotilişi böyiça kelişuvga erişilgan. 

Xususiylaştiriş jarayoniga Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi yetakçi konsultant, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatçi, KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi esa mustaqil baholovçi sifatida jalb etilgan. 

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ma’lumotiga köra, korxonani sotib olişga 10 ta da’vogar ariza bergan. Eng maqbul taklif Indorama tomonidan taqdim etilgan. 

«Taklifga köra, sotib oliş qiymati qariyb 140 million dollarni (130 mln AQŞ dollari va 107 mlrd sömni) taşkil etadi, şuningdek, investor tomonidan korxonani modernizatsiya qiliş uçun 100 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritiş majburiyati olinadi», deyiladi xabarda. 

16 yanvar kuni Özbekiston prezidentining Singapurga davlat taşrifi arafasida taşkil etilgan Biznes-forumda «Farğonaazot» AJ ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalar paketi böyiça oldi-sotdi şartnomasining asosiy şartlari töğrisidagi kelişuv imzolangan. 

Ma’lumot örnida, Indorama Corporation – 38 ta mamlakatda 160 dan ortiq işlab çiqariş maydonlariga ega xalqaro sanoat konglomerati. U mineral öğitlar, polimerlar, sanoat kimyoviy moddalari, tolalar, töqimaçilik mahsulotlari, qişloq xöjaligi va tibbiy qölqoplar işlab çiqariş böyiça dunyoning yetakçi kompaniyalaridan bölib, 45 mingdan ziyod xodimga ega. Kompaniya 2010 yildan buyon Özbekistonga faol sarmoya kiritib, töqimaçilik, qişloq xöjaligi va öğit işlab çiqariş sohalaridagi loyihalarni rivojlantirib kelmoqda hamda mazkur loyihalarda 3 mingdan ziyod mahalliy işçilar mehnat qilmoqda.