Kirill Mayevskiy bank sohasida 19 yildan ortiq işlaydi, «Kapitalbank»ka kelişidan oldin «Kredit Yevropa bank» AJ (Rossiya) vitse-prezidenti, keyinroq Boşqaruv a’zosi lavozimlarida işlagan va u yerda bankning asosiy loyihalari rivojlanişi va xizmatlarini raqamlaştiriş masalalarini nazorat qilgan. Kirill Leonidoviçning Bank boşqaruvi raisi sifatidagi faoliyatining asosiy yönalişlari «Kapitalbank» ATB raqamli mahsulotlarini işlab çiqiş, bank mijozlari uçun yangi xizmatlar va mahsulotlarni yölga qöyiş böladi.

“Bank uçun raqamlaştiriş nafaqat global tendensiyaga e’tibor, balki bizning asosiy vazifamizni bajariş, mijozlarga ham jismoniy, ham yuridik xizmat körsatişni yanada tez va qulayroq qiliş imkoniyatidir. Biz özbekistonliklar hayotini yaxşi tomonga özgartirmoqçimiz, bank bölimlari bölmagan aholi punktlariga «qöl uzatmoqçimiz», - deydi Kirill Mayevskiy. — Va albatta, bankning raqamli xizmatlarini rivojlantiriş bilan birga, «Kapitalbank» ATB mijozlari uçun foydali takliflar soni, jumladan, Uzum ekotizimining boşqa mahsulotlari bilan integratsiyalaşuv orqali ham oşadi.

Bank boşqaruvi raisining birinçi örinbosari lavozimiga 2022 yil iyun oyidan buyon boşqaruv raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Sardor Ismoilov tayinlanadi. Sardor Ismoilov 2010 yildan buyon bank tizimida işlab kelmoqda, «Kapitalbank» ATBga ötişdan oldin «Asakabank» AJ loyiha ofisini boşqargan, şuningdek, «Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar milliy banki» AJ va Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida muhim lavozimlarda işlagan.

«Kapitalbank» ATB (Bank boşqaruvi a’zosi) xavf-xatarlar böyiça Boşqaruv direktori etib avval Bank Kuzatuv kengaşining mustaqil a’zosi vazifasini bajargan Sabirgaliyev Erbol Marlenoviç tayinlandi. Erbol Marlenoviç 15 yildan ortiq vaqt davomida bank va Qozoğiston va Özbekiston bozorlarida moliyaviy konsalting sohalari böyiça faoliyat yuritadi.
Reklama
















